Mikrokompyuterli pech yordamida 180-200C li issiqlik darajasi oralig’ida, 30-35 daqiqa vaqt oralig’ida pishirib olamiz. Biz sizga tavsiya qilgan pech mikrokompyuterli bo’lib, issiqlik darajasini yuqori aniqlik asosida belgilaydi, ya’ni +/- 5 C. Pech uch qavat to’qqiz padnosli bo’lib, 108 ta qolipli non bir vaqtning o’zida pishirish quvvatiga ega. Xamir qorish uchun elakdan o’tkazilgan unni xamir qorish uskunasiga solib, issiq suv, unduruvchi qo’shimcha va kerakli miqdorda tuz solib aralashtiramiz. Xamir qorish uskunasi Xitoyning bred kompaniyasi mahsuloti bo’lib, sizga uzoq muddat be’minnat xizmat qiladi. Xamir qorish jarayoniga o’rtacha 15-20 daqiqa vaqt sarflanadi. Xamir tayyor bo’lgach uni maxsus stolga olib qoliplash bosqichidan o’tqaziladi. Agar qoliplashni qo’lda bajarishni istamagan mijozlarimiz bo’lsa ular uchun avtomat qoliplash uskunasini ham buyurtma asosida olib kelish imkonimiz mavjud. Nonlar qoliplab bo’lingach, keyingi bosqich ularni yaxshilab tindirish hisoblanadi.